Bugun «Air Marakanda» kompaniyasi Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining Samarqand — Antaliya — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ilk reysiga xizmat ko‘rsatdi. Mazkur yo‘nalish AsiaLuxe Travel turoperatori hamkorligida yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda Samarqand shahri va butun viloyat aholisi Turkiyaning eng talabgir sayyohlik markazlaridan biri hamda minglab o‘zbekistonliklar uchun yozgi dam olishning asosiy yo‘nalishiga aylangan Antaliyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Samarqand xalqaro aeroportidan reyslar har payshanba kuni amalga oshiriladi. 
Samarqanddan uchish vaqti — 08:50da.
Antaliyaga uchib kelish vaqti — 12:00da.
(Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan)

Aviachiptalar aviakompaniyaning www.uzairways.com ( http://www.uzairways.com/) sayti, shuningdek tur operatorning www.asialuxe.uz ( http://www.asialuxe.uz/) sayti orqali yoki (71) 201-77-77 telefon raqami orqali mavjud.

Qo'shimcha ma'lumot:

AIR MARAKANDA – O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasida birinchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminaliga yer usti xizmati ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali uch yildan buyon ketma-ket World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yetakchi o‘ntalikka kirdi. Yevropaning ACI Europe tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2024-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroporti o’rta toifali aeroportlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

AIR MARAKANDA matbuot bo’limi

Теl.: +998 97 907 8767

Email: pr@airmarakanda.com

Sayt: https://samarkandairport.com/


Back to news list