2026-yil 17-oktabr. Samarqand shahri kuni munosabati bilan hamda umumxalq ekologik loyihasi — «Yashil makon» doirasida «AIR MARAKANDA» MChJ xodimlari Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Samarqand xalqaro aeroporti hududini ko‘kalamzorlashtirish aksiyasini o‘tkazdi.

Tadbirda Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Turayev Jonibek Yuldashovich, «Yashil makon» filiali rahbari Axmedjanov Suxrob Akbarjonovich hamda AIR MARAKANDA kompaniyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Ekologik tashabbus doirasida yo‘lovchi terminali oldidagi hududga daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu daraxtlar aeroportning yashil hududini kengaytirish va shahar muhitini obodonlashtirishga xizmat qiladi.

Mazkur aksiyaning o‘tkazilishi kompaniyaning ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga amaliy hissa qo‘shishga intilishini namoyon etadi. Sohaga ixtisoslashgan hududiy davlat organi bilan hamkorlik kompaniyalar va davlat tashkilotlari sa’y-harakatlarini birlashtirish orqali tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish muhimligini ta’kidlaydi.

Samarqand xalqaro aeroporti shahar infratuzilmasining muhim qismi hamda mintaqaga tashrif buyurayotgan mehmonlar uchun o‘ziga xos tashrif qog‘ozidir. Aeroport hududini ko‘kalamzorlashtirish yo‘lovchilar, xodimlar va shahar aholisi uchun yanada qulay va obod muhit yaratishga qaratilgan.

Ekologik aksiya Samarqand shahri kuniga bag‘ishlangan ramziy sovg‘a bo‘lib, shahar muhitini yanada yashil va obod qilish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarning bir qismiga aylandi.

«Samolyotlar shaharlarni bog‘laydi, daraxtlar esa avlodlarni birlashtiradi. Bugun daraxt ekish orqali biz birgalikda Samarqandning yanada yashil kelajagini yaratamiz hamda tabiiy merosimizni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hissa qo‘shamiz», — dedi AIR MARAKANDA kompaniyasining bosh ekologi.

Qo'shimcha ma'lumot:

AIR MARAKANDA – O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasida birinchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminaliga yer usti xizmati ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali uch yildan buyon ketma-ket World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yetakchi o‘ntalikka kirdi. Yevropaning ACI Europe tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2024-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroporti o’rta toifali aeroportlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

AIR MARAKANDA matbuot bo’limi

Tel.: +998 97 907 8767

Email: pr@airmarakanda.com 

Sayt: https://samarkandairport.com/ 

Back to news list