Tadbir doirasida Ichki ishlar organlari vakillari tomonidan giyohvand moddalarni iste’mol qilish va tarqatishning salbiy oqibatlari, amaldagi qonunchilik talablari hamda ularning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida «AIR MARAKANDA» kompaniyasi rahbariyati yerusti xizmatlari va yo‘lovchi tashish bo‘linmalari xodimlari bilan xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi. Ish jarayonlari samaradorligini oshirish, zamonaviy mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuvlarni joriy etish, yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyatini takomillashtirish hamda aeroportdagi xizmat ko‘rsatishning barcha bosqichlarida yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Qo'shimcha ma'lumot:

AIR MARAKANDA – O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasida birinchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminaliga yer usti xizmati ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali uch yildan buyon ketma-ket World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yetakchi o‘ntalikka kirdi. Yevropaning ACI Europe tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2024-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroporti o’rta toifali aeroportlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

AIR MARAKANDA matbuot bo’limi

Теl.: +998 97 907 8767

Email: pr@airmarakanda.com

Sayt: https://samarkandairport.com/


Back to news list