Samarqand xalqaro aeroportida «Air Marakanda» kompaniyasi xodimlari uchun kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida Samarqand viloyati IIB kiberjinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi mutaxassislari ishtirokchilarni dolzarb kiberxatarlar hamda raqamli muhitdagi zamonaviy firibgarlik usullari bilan tanishtirdi. Ayniqsa, fishing hujumlariga qarshi kurashish, zararli havolalarni aniqlash, soxta akkauntlarni fosh etish hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qo'shimcha ma'lumot:

AIR MARAKANDA – O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasida birinchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminaliga yer usti xizmati ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali uch yildan buyon ketma-ket World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yetakchi o‘ntalikka kirdi. Yevropaning ACI Europe tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2024-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroporti o’rta toifali aeroportlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

AIR MARAKANDA matbuot bo’limi

Теl.: +998 97 907 8767

Email: pr@airmarakanda.com

Sayt: https://samarkandairport.com/


Back to news list