2026-yil 28-avgust, Samarqand shahri. Samarqand xalqaro aeroportining yer usti xizmati operatori Air Marakanda kompaniyasi va Nordwind Airlines aviakompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yo‘lovchilar uchun Samarqand — Qozon — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yildi.
27-avgust kuni Samarqand xalqaro aeroporti aerodromida yangi aviatashuvchining ilk reysi tantanali ravishda kutib olindi. Tatariston Respublikasi poytaxtidan yetib kelgan havo kemasi aviatsiya an’anasiga muvofiq ramziy suv arkasi bilan kutib olindi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar haftasiga bir marta — payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Samarqanddan uchish vaqti — 05:55.
Qozon shahriga yetib borish vaqti — 07:20.
Soatlar har bir aeroportning mahalliy vaqti bo‘yicha ko‘rsatilgan.
Ikki shahar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston va Tatariston aholisi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Yangi yo‘nalish xizmat safarlari va sayyohlik maqsadidagi safarlarni yanada qulaylashtirish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Chiptalarni Nordwind Airlines aviakompaniyasining rasmiy veb-saytidan, shuningdek, Samarqand xalqaro aeroportining 24 soat faoliyat yurituvchi aviakassasidan +998 55 705 8888 telefon raqami orqali xarid qilish mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, Samarqanddan Rossiya Federatsiyasining Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga Tatariston Respublikasi poytaxti — Qozon shahri orqali tranzit bilan parvozlar ham amalga oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand — Qozon yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ham dushanba kunlari amalga oshiradi.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Nordwind Airlines — yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha Rossiyaning yirik aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, mamlakat bo‘ylab muntazam parvozlarning keng yo‘nalishlar tarmog‘iga ega. Aviakompaniyaning bazaviy aeroportlari Sheremetyevo, Pulkovo, Sochi, Qozon va Maxachqal’a shaharlarida joylashgan. Aviabiletlarning moslashuvchan narxlari, qulay parvoz jadvali hamda sodiqlik dasturi doirasidagi bonuslar tufayli parvoz xizmat safari yo‘lovchilari va rejalashtirilgan ta’tilni maroqli o‘tkazishni istovchilar uchun sayohatning muvaffaqiyatli boshlanishiga xizmat qiladi.
AIR MARAKANDA — O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan ilk loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini boshqarish va yer usti xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha operator kompaniya hisoblanadi. Yangi xalqaro terminal uch yil ketma-ket World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘nta mintaqaviy aeroport qatoridan joy olib kelmoqda. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti ACI EUROPE versiyasiga ko‘ra, o‘z toifasida yo‘lovchi oqimining o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.
AIR MARAKANDA matbuot xizmati
Tel.: +998 97 907 8767
E-mail: pr@airmarakanda.com
Veb-sayt: samarkandairport.com

