Ochiq havoda kichik mehmonlar uchun qiziqarli va mazmunli ko‘ngilochar dastur tayyorlandi: animatorlar shousi, havoga uchiriladigan sovun pufakchalari, shirinliklar, fotozona hamda bolalarga unutilmas bayram kayfiyatini ulashgan ko‘plab quvonchli lahzalar.

Shuningdek, ushbu kunda Samarqanddagi SOS Bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari ham e’tibordan chetda qolmadi. Yaxshi an’anaga aylanganidek, kompaniya ularga bayram quvonchini ulashish va iliq taassurotlar hadya etish maqsadida sovg‘alar to‘plamlarini taqdim etdi.

Bolalarning baxtiyor tabassumlari ushbu bayram kunining eng katta natijasi bo‘ldi!

Qo'shimcha ma'lumot:

AIR MARAKANDA – O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasida birinchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminaliga yer usti xizmati ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali uch yildan buyon ketma-ket World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yetakchi o‘ntalikka kirdi. Yevropaning ACI Europe tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2024-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroporti o’rta toifali aeroportlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

AIR MARAKANDA matbuot bo’limi

Теl.: +998 97 907 8767

Email: pr@airmarakanda.com

Sayt: https://samarkandairport.com/


Back to news list