38°С - 11 avgust
Uz
Shrift hajmi:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Bojxona nazorati

image image

Hurmatli yo‘lovchilar!


Bojxona nazoratidan o‘tishdan avval amaldagi bojxona qoidalari bilan oldindan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.


Bojxona talablariga rioya etish nazorat jarayonlarini tez va qulay o‘tishga, shuningdek, ortiqcha kechikishlarning oldini olishga yordam beradi.


Eslatib o‘tamiz, bojxona qonunchiligi talablarini buzish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

"Yashil yo‘lak"

"Yashil yo‘lak" orqali o‘tish tartibi

"Yashil yo‘lak" orqali olib o‘tilayotgan tovarlar og‘zaki tartibda deklaratsiya qilinadi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

  • olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar;

  • qiymati va (yoki) miqdori bojxona to‘lovlarisiz olib kirish yoki bojxona deklaratsiyasisiz olib chiqish uchun belgilangan me'yorlardan oshadigan tovarlar;

  • yozma deklaratsiya qilinishi lozim bo‘lgan milliy va xorijiy valyutaning belgilangan miqdoridan ortiq summalar.

16 yoshga to‘lmagan shaxslarning qo‘l yuki va kuzatilayotgan bagajidagi tovarlar ularni kuzatib kelayotgan shaxs tomonidan deklaratsiya qilinadi.

Agar "yashil yo‘lak" orqali o‘tayotgan yo‘lovchida taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar, belgilangan me'yorlardan ortiq miqdordagi tovarlar yoki yozma deklaratsiya qilinishi shart bo‘lgan valyuta aniqlansa, ushbu shaxs O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

"Qizil yo‘lak"

"Qizil yo‘lak" orqali o‘tish tartibi

"Qizil yo‘lak" orqali harakatlanuvchi jismoniy shaxslar belgilangan tartibda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldiradilar.

16 yoshga to‘lmagan shaxslarning qo‘l yuki va kuzatilayotgan bagajidagi tovarlar ularni kuzatib kelayotgan shaxs tomonidan deklaratsiya qilinadi.

"Qizil yo‘lak"da bojxona nazorati tanlov asosida amalga oshiriladi. Nazorat shakli bojxona xodimi tomonidan bojxona qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

Agar yozma deklaratsiyada ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan tovarlar deklaratsiyada qayd etilmaganligi aniqlansa, yo‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Sayt tajribangizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz
Saytda qolish orqali siz cookie-fayllardan foydalanish shartlariga rozilik bildirasiz.