Uchrashuvning asosiy mavzusi giyohvandlikning oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish hamda fuqarolarni mamlakat ichida va undan tashqarida noqonuniy va huquqqa xilof sxemalarga jalb etilishining oldini olish masalalariga bag‘ishlandi.
Suhbat davomida xodimlarga jinoiy guruhlar tomonidan qo‘llanilayotgan zamonaviy yollash usullari, noqonuniy faoliyatga jalb etilish xavflari hamda huquqqa xilof harakatlarda ishtirok etish oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, shaxsiy hushyorlik, axborot xavfsizligi va notanish shaxslar bilan muloqotda mas’uliyatli yondashuv masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, yoshlarni giyohvand moddalar tarqatuvchi shaxslar ta’siridan himoya qilish choralari hamda noqonuniy faoliyatning har qanday ko‘rinishiga nisbatan qat’iy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Qo'shimcha ma'lumot:
AIR MARAKANDA – O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasida birinchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminaliga yer usti xizmati ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali uch yildan buyon ketma-ket World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yetakchi o‘ntalikka kirdi. Yevropaning ACI Europe tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2024-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroporti o’rta toifali aeroportlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
AIR MARAKANDA matbuot bo’limi
Теl.: +998 97 907 8767
Email: pr@airmarakanda.com
Sayt: https://samarkandairport.com/
