«Haj–2026» dasturining yakunlanishi doirasida Jidda shahridan to‘rtta reysning qabul qilinishi kutilmoqda. Bugun «AIR MARAKANDA» kompaniyasi HY5350, HY5370 va HY5302 reyslarini muvaffaqiyatli qabul qildi. Ushbu reyslarda jami 735 nafar ziyoratchi Samarqandga uchib keldi.

Yo‘lovchilarning qulay va tezkor yetib kelishini ta’minlash maqsadida terminalda chegara va bojxona tartib-taomillaridan ustuvor tartibda o‘tish hamda «AIR MARAKANDA» xodimlari tomonidan hamrohlik qilish ishlari tashkil etildi. Bu esa ziyoratchilarning yaqinlari bilan imkon qadar tezroq uchrashishlari uchun qulay sharoit yaratdi.

Terminal oldida ziyoratchilarni ularning oila a’zolari va yaqinlari samimiy kutib oldilar. Ular har bir musulmon va muslima hayotidagi eng muhim voqealardan biri bo‘lgan haj ibodatini ado etib, Vatanga sog‘-salomat qaytganlaridan mamnun bo‘lib, ushbu quvonchli lahzalarni baham ko‘rdilar.

Haj safaridan qaytgan barcha ziyoratchilarga mustahkam sog‘liq, xonadonlariga fayzu baraka hamda haj ibodatlarining qabul bo‘lishini tilaymiz!

Qo'shimcha ma'lumot:

AIR MARAKANDA – O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasida birinchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminaliga yer usti xizmati ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali uch yildan buyon ketma-ket World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yetakchi o‘ntalikka kirdi. Yevropaning ACI Europe tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2024-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroporti o’rta toifali aeroportlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

AIR MARAKANDA matbuot bo’limi

Теl.: +998 97 907 8767

Email: pr@airmarakanda.com

Sayt: https://samarkandairport.com/


Back to news list