24°С - 30 iyul
Uz
Shrift hajmi:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Ko'p so'raladigan savollar

Bu erda yo'lovchilarning eng keng tarqalgan savollariga javoblar mavjud. Agar savolingizga javob topa olmasangiz, 24 soatlik yordam xizmatiga murojaat qiling +998 (55) 705 00 00.

Xalqaro parvozlar uchun aeroportga kamida 3 soat, mahalliy parvozlar uchun esa kamida 2 soat oldin kelish tavsiya etiladi.
Eng so'nggi parvozlar jadvali aeroportning rasmiy veb-saytidagi «Onlayn tablo» bo‘limida, shuningdek Samarqand xalqaro aeroporti terminalidagi monitorlarda mavjud.
Parvoz holati haqidagi ma’lumotlar aeroportning onlayn tablosida, aviakompaniyalarning mobil ilovalarida, ma’lumotlar ustunida hamda terminaldagi monitorlarda aks ettiriladi.
24/7 faoliyat yurituvchi Call-markaz telefoni: +998 55 705 00 00.
Bagaj tashish me’yorlari aviakompaniya tomonidan belgilanadi. Ma’lumotlarni aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida aniqlashtirishingizni tavsiya qilamiz.
Ha, yo‘lovchilar va tashrif buyuruvchilar bagaj saqlash xizmati xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
CIP va VIP zallari aeroport terminalida joylashgan. Batafsil ma’lumotni ma’lumotlar ustunidan yoki aeroportning rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.
Terminal hududida bankomatlar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari mavjud.
Ha, yo‘lovchilar terminal hududida bepul Wi-Fi xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Uchib kelish hududidan chiqib ketmasdan oldin bagaj qidiruv ustuniga (Lost & Found) yoki aviakompaniya vakiliga murojaat qilishingiz lozim.
Siz aeroport veb-saytidagi «Bizga yozing» shakli orqali murojaat yuborishingiz, feedback@airmarakanda.com elektron manziliga xat yo‘llashingiz yoki aeroportning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali bog‘lanishingiz mumkin:
facebook
instagram
Sayt tajribangizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz
Saytda qolish orqali siz cookie-fayllardan foydalanish shartlariga rozilik bildirasiz.