30°С - 14 iyul
Uz
Shrift hajmi:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Qanday yetib borish

Samarqand aeroportiga bir necha usul bilan borish mumkin. Agar siz kerakli ma'lumotlarni topa olmasangiz, 24-soatlik ma'lummot xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin +998 (55) 705 00 00.

Aeroportga

Har kuni ertalab soat 6:00 dan tun yarmigacha Samarqand markaziy avtovokzalidan aeroportgacha 52, 31 va M1-yo'nalishli avtobuslar qatnaydi. Aeroportdagi avtobus bekati yo'lovchilar terminali binosi oldida, uchib kelish hududidan chiqish joyida joylashgan. Chiptalar haydovchidan olinadi.

Jamoat transporti Jamoat transporti
Avtobuslar № M1, 52, 31

Yo'l haqi

2000 UZS

Yo'l haqi

2000 UZS

Yo'l haqi

2000 so'm

Rent a car

  Samarqand aeroporti haydovchisiz avtomashina ijarasini taklif etadi. Istasangiz haydovchili mashinaga buyurtma berishingiz ham mumkin. Katta tajriba va benuqson nomga egaligimiz - sifatli xizmatlar taqdim etishimiz garovidir!
  Kompaniyamizning mutlaq afzalligi — har bir mijozga alohida yondoshuv, xizmatlar narxining moslashuvchaligi bilan belgilanadi.
Taxi Ok kompaniyasi Samarqanddagi yo'lovchilar tashish bozorida 2014-yildan beri faoliyat olib bormoqda va xizmat ko'rsatish sifatining yuqoriligi bois bu soha yetakchilaridan biri hisoblanadi.
Bir necha toifadagi avtomobilar taqdim etiladi: Standart, Komfort va Biznes.

Taqdim etiladigan xizmatlar:
- shahar va viloyat bo'ylab safar qilish;
- xodimlarni ish joyiga olib borib qo'yish;
- xodimlarni belgilangan joylarga tarqatib chiqish;
- kuryerlik xizmatlari;
- aeroportda kutib olish va kuzatib qo'yish.
- aeroportga, vokzalga olib borib qo'yish;
- aeroportda, vokzalda yozuvli taxtacha bilan kutib olish;
- shahar, viloyat bo'ylab safar;
- shaharning tarixiy joylariga ekskursiyalar, safarlar.
Vokzaloldi hududi — aviatsiya xavfsizligi hududi hisoblangan, terminalga yaqin transport liniyalari bo'lib, bu hududga yo'lovchi tushirish va o'tqazish uchun kirishga faqat jamoat transporti va taksi avtomashinalariga ruxsat  beriladi. Vokzaloldi hududiga kirish va unda bo'lishning 10 daqiqalik haq olinmaydigan vaqtidan oshib ketish 3000 UZS/soat to'lov qilinishiga sabab bo'ladi.

Samarqand aeroportiga borishni rejalashtirayotgan haydovchilar, shuningdek, vokzaloldi va tranzit hududiga kirishlar sonini cheklovchi qoidani ham yodda tutishlari zarur.  Unga ko'ra, avtomobil egalari, shu jumladan taksi haydovchilari aeroport hududiga birincha marta kirgan vaqtlaridan boshlab ikki soat davomida faqat ikki marta bepul kirishlari mumkin.
Sayt tajribangizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz
Saytda qolish orqali siz cookie-fayllardan foydalanish shartlariga rozilik bildirasiz.