2026-yil 13-may, Samarqand shahri. Samarqand xalqaro aeroporti “Haj-2026” davlat dasturi doirasida ziyoratchilar bilan ilk reyslarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Bugun Samarqanddan Flyadeal aviakompaniyasining ikkita reyslarni amalga oshirildi. Ularning bortida 540 nafar ziyoratchi har bir musulmon hayotidagi eng muhim ma’naviy safarlardan biri bo‘lgan muborak Haj amalini ado etish uchun Muqaddas Madinaga jo‘nab ketdi.
"Air Marakanda" kompaniyasi tomonidan ziyoratchilar uchun aeroportdagi parvozoldi jarayonlarini qulay va yengil o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha zarur sharoitlar yaratildi: ustuvor ro‘yxatdan o‘tkazish va bagajni rasmiylashtirish, har bir yo‘lovchini individual kuzatib borish, shuningdek aeroportdagi barcha bosqichlarda tibbiy xizmat tashkil etildi.
Ko‘plab fuqarolar uchun ushbu safar uzoq kutilgan va alohida ma’naviy аҳamiyatga ega voqea bo‘ldi. Shu sababli har bir yo‘lovchiga g‘amxo‘rlik qilish, qo‘llab-quvvatlash va qulaylik yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Yaqin soatlar davomida Samarqand xalqaro aeroporti ziyoratchilar bilan yana bir reysni Madinaga jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumot:
AIR MARAKANDA — O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini boshqarish va yerusti xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha operator kompaniya hisoblanadi. Ketma-ket uch yil davomida Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi hududiy aeroportlar o‘ntaligidan joy olib kelmoqda. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti ACI EUROPE talqiniga ko‘ra o‘z toifasida yo‘lovchi oqimi o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.
AIR MARAKANDA Matbuot xizmati
Tel.: +998 97 907 8767
Email: pr@airmarakanda.com
Sayt: https://samarkandairport.com/
