2024 yil 12 iyun, Samarqand. Air Marakanda kompaniyasi va Rossiyaning "Ural Airlines" aviakompaniyasi o'rtasidagi hamkorlik doirasida Moskva Domodedovo aeroportidan Samarqand xalqaro aeroportiga muntazam reyslar ochildi.

Muntazam reyslar haftasiga toʻrt marta dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari quyidagi jadval boʻyicha amalga oshiriladi:

Moskvadan uchish 19:25, Samarqandga yetib kelish soat 01:10.

Samarqanddan uchish 2:30, Moskvaga yetib kelish 4:50.

Har bir aeroport uchun vaqt mahalliy hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, “Ural Airlines” aviakompaniyasi Samarqanddan Yekaterinburgga va Moskva viloyati xalqaro aeroporti – Jukovskiyga ham reyslarni amalga oshiradi.

Aviachiptalarni Samarqand xalqaro aeroportidagi 24 soatlik kassada, shuningdek aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida xarid qilishingiz mumkin.

Back to news list