2025 yil 19 mart, Samarqand. "AIR MARAKANDA" MCHJ kompaniyalarni "Samarqand" aeroporti terminalining xalqaro uchib ketish hududidagi tijorat maydonlarini ijaraga olish bo‘yicha takliflarning ochiq so‘rovida ishtirok etishga taklif qiladi. Umumiy ovqatlanish tashkilotlariga ixtisoslashgan kompaniyalar quyidagi lotlarga ariza topshirishlari mumkin:

•        Lot No1 - 83,36 kv.m, 3-qavat, steril hudud.

•        Lot No2 - 56 kv.m, 3 qavat, steril hudud.

•        Lot No3 - 71,06 kv.m, 3-qavat, steril hudud.

Bu umumiy ovqatlanish operatorlari uchun zamonaviy aviatsiya xabiga qo‘shilish va mintaqaning asosiy aeroportlaridan birida biznes ochish orqali brendning tanilishini oshirish uchun noyob imkoniyatdir.

Lotlarning tavsifi, ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar va takliflar berish jarayoni bilan kompaniyaning rasmiy veb-saytining "Hamkorlarga" bo‘limida, "Ijarachilarga" kichik bo‘limida tanishish mumkin. U yerda zarur hujjatlar, shuningdek, ijaraga beriladigan maydonlarning joylashuvi va konsepsiyasi haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Arizalarni qabul qilish muddati - 2025-yil 28-martgacha.


Qo‘shimcha ma’lumot:

AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand ayeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.

Back to news list