2025-yil 24-fevral, Samarqand. Air Marakanda kompaniyasi va Ural Airlines aviakompaniyasi hamkorligi doirasida 1-apreldan boshlab ilk bor Samarqand va Sharqiy Sibir federal okrugining eng yirik iqtisodiy, ta’lim va madaniy markazi bo‘lgan Krasnoyarsk o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda.

Krasnoyarsk - Samarqand - Krasnoyarsk yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta, seshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Krasnoyarskdan uchish 11:40 da, Samarqandga uchib kelish 13:40 da.

Samarqanddan uchib ketish 15:00 da, Krasnoyarskka uchib kelish 20:35 da.

Safar vaqti - 4 soat.

Yangi yo‘nalishning ochilishi hududlar o‘rtasida sayyohlik va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga, yo‘lovchilarga qulay va arzon havo qatnovlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Krasnoyarsk - Sharqiy Sibirning eng yirik shahri bo‘lib, o‘zining noyob tabiiy landshaftlari, panoramali ko‘rinishlari va ko‘plab diqqatga sazovor joylari bilan mashhur, bu esa uni jozibador sayyohlik yo‘nalishiga aylantiradi.

Aviachiptalar aviakompaniya veb-saytida va Samarqand xalqaro aeroportining 24 soatlik aviakassasida mavjud

Qo‘shimcha ma’lumot:

AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand ayeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.

Back to news list