2025-yil 9-iyun, Samarqand. Air Marakanda kompaniyasi O‘zbekistonning Centrum Air xususiy aviakompaniyasi bilan birgalikda 2025-yil 24-iyundan boshlab Samarqand - Urganch - Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

 

Parvozlar seshanba, chorshanba va shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

•        Samarqanddan uchib ketish soat 08:10 da, Urganchga uchib kelish soat 09:35 da.

•        Urganchdan uchib ketish 15:05, Samarqandga uchib kelish 16:20 da.

 

Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, 2025-yil 25-iyundan boshlab ushbu yo‘nalishda Buxoroga chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladigan tutashuv reyslari ham rejalashtirilgan:

•        Samarqanddan uchib ketish soat 08:10 da, Buxoroga uchib kelish soat 11:40 da (Urganchda to‘xtash vaqti 60 daqiqa).

•        Buxorodan uchib ketish 13:00, Samarqandga uchib kelish 16:20 (Urganchda to‘xtash vaqti 60 daqiqa).

Moslashuvchan jadval va qulay almashinuvlar tufayli yo‘lovchilar O‘zbekistonning uchta asosiy sayyohlik yo‘nalishi - Samarqand, Urganch va Buxoro o‘rtasida oson sayohat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu ichki turizm uchun ham, ishbilarmonlik safarlari uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi.

Urganch va Buxoroga aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan xarid qilish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot:

AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

Back to news list