2025-yil 2-iyun, Samarqand. Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini boshqaruvchi Air Marakanda kompaniyasi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab, Respublika ijtimoiy moslashuv markazi Samarqand mintaqaviy filiali tarbiyalanuvchilari uchun sayyor xayriya tadbirini tashkil etdi.
Tadbir iliq va bayramona ruhda o‘tdi va o‘ziga xos bo‘ldi: animatorlar ishtirokida yorqin ko‘ngilochar dastur tayyorlandi, sovg‘alar va noz-ne’matlar taqdim etildi.
Bundan tashqari, 1-iyun - Bolalarni himoya qilish kunida kompaniya aeroportning eng yosh yo‘lovchilariga ushbu kunni iliq his-tuyg‘ular va kichik quvonchlar bilan eslab qolishlari uchun tematik bo‘yoqlarni taqdim etdi.
Air Marakanda ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya sifatida hududning eng yosh aholisi uchun g‘amxo‘rlik, e’tibor va quvonch muhitini yaratib, mahalliy hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash va uning hayotida ishtirok etishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishda davom etmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumot:
AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.