An’anaviy mehmonxonalardan farqli ravishda, kapsula formatidagi joylashuv bir necha soatdan bir sutkagacha bo‘lgan muddat uchun qulay, xavfsiz va shaxsiy makonni taqdim etadi.
Endilikda mehmonxona izlab terminalni tark etish shart emas — qulay dam olish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlar parvozingizga yaqin masofada joylashgan. Kapsulalar qisqa to‘xtashlar, tungi transferlar yoki parvozni kutish vaqtida ayniqsa qulay hisoblanadi.