2023 yil 15 dekabr, Samarqand. Air Marakanda kompaniyasi yangi xususiy aviatashuvchi Humo Air bilan hamkorlikni boshladi, uning doirasida Samarqand va O'zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahri o'rtasida to'g'ridan – to'g'ri reys yo'lga qo'yildi.
Toshkentga birinchi reysning ochilish marosimi Samarqand xalqaro aeroporti terminalida bo'lib o'tdi. Unda Air Marakanda bosh direktorining korporativ kommunikatsiyalar bo'yicha o'rinbosari Mariya Sharavina va Humo Air aviakompaniyasi vakili Aygul Muminova ishtirok etdi.
An’anaga ko‘ra, rahbariyat vakillari qizil lentani kesib, aviakompaniyaning Samarqanddan Toshkentga ilk reysini ochdi va birinchi yo‘lovchilarga brendli kekslar taqdim etildi.
Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha har kungi reyslar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Toshkentdan jo’nab ketish 14:20 da, Samarqandga uchib kelish 15:15 da.
Samarqanddan uchib ketish 15:45 da, Toshkentga uchib kelish 16:35 da.
Narxi 99 000 so‘mdan boshlanadigan chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy veb-sayti va Samarqand xalqaro aeroportidagi 24 soatlik chiptalar kassalarida xarid qilish mumkin.