2024-yil 13-dekabr, Samarqand. Air Marakanda Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasini Samarqandga parvozlar yo‘lga qo‘yilganining 2 yilligi bilan tabriklaydi. Samarqand va Abu-Dabi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ilk bor 2022-yil 13-dekabrda ochilgan edi.
Wizz Air - bu yo‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlarning har bir bosqichida innovatsiyalarni faol joriy etuvchi aviakompaniya. Uning asosiy vazifasi havo qatnovlarini yo‘lovchilar uchun maksimal darajada qulay qilish, shuningdek, sayohatchilar uchun yangi ufqlarni ochishdan iborat.
Bundan tashqari, aviakompaniya o‘z yo‘lovchilari uchun noyob sayohat tajribasini yaratish uchun ilg‘or texnologiyalardan faol foydalanadi. Xizmatning o‘ziga xos xususiyatlari raqamli yechimlar foydasiga qog‘oz chiptalardan voz kechish, qulay charm o‘rindiqlarga ega yagona salon, shuningdek, qo‘shimcha to‘lov evaziga bortda ovqatlanishga buyurtma berish imkoniyatini o‘z ichiga oladi. Bunday munosabat arzonlik va yuqori sifat standartini o‘zida mujassam etadi, bu esa Wizz Air bilan sayohatni qulay va zamonaviy qiladi.
Ikki yillik hamkorlik davomida aviakompaniya Samarqand va Abu-Dabi o‘rtasida 186 ming yo‘lovchini tashidi.
Parvozlar quyidagi jadvalga muvofiq haftasiga besh marta amalga oshiriladi:
• Seshanba, chorshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari Abu-Dabidan ucib ketish vaqti 5:30 da, Samarqandga uchib kelish 9:45 da;
• Haftaning shu kunlarida Samarqanddan qaytish reysi - 10:35 da, Abu-Dabiga uchib kelish - 13:15 da.
Butun jadval uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.
Aviachiptalar aviakompaniyaning veb-sayti va mobil ilovasida, shuningdek, Samarqand xalqaro aeroportining 24 soatlik aviakassasida mavjud. Parvozlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish loukoster tariflariga muvofiq bepul taqdim etiladi. Abu-Dabiga parvozlarni bevosita aeroport terminalida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov olinadi.
Samarqand xalqaro aeroporti Wizz Air aviakompaniyasi rahbariyati va jamoasini samarali hamkorlikning yubileyi bilan tabriklaydi. Air Marakanda aviakompaniyasi yo‘lovchilarga aerovokzal majmuasi hududida yuqori darajadagi qulaylik va xizmat ko‘rsatishni ta’minlagan holda tashuvchining parvoz dasturini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyor.
Qo‘shimcha ma’lumot:
AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand ayeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.