2023 yil 30 noyabr, Samarqand. Samarqand Xalqaro aeroportining yangi terminalini boshqaruvchi “Air Marakanda” kompaniyasi aerovokzal oldidagi maydon hududida avtomatlashtirilgan to'xtash joyini ishga tushirdi.
30-noyabrdan boshlab Samarqand Xalqaro aeroportining terminal binosiging oldidagi aerovokzal hududida to'liq avtomatlashtirilgan to'xtash tizimi sinov rejimida ishga tushirildi. Tizimning sinov rejimida ishlash vaqtida, barcha texnik jihatlar va to'lov usullari ustida ish olib boriladi. Avtoturargoh 382 ta to'xtash joyiga, shu jumladan kam harakatlanadigan yo'lovchilar uchun to'xtash joylariga mo'ljallangan.
Aerovokzal hududiga kirish qismida parkovka tizimi avtomobil raqamlarini avtomatik tarzda aniqlaydi. Agar to'xtash joyiga kirishda avtomobil davlat raqami aniqlanmasa va parkovka to'sig’i ochilmasa, u holda parkomatdan to'xtash chiptasini olish lozim.
Avtoturargohdan foydalanish uchun to'lov aerovokzal oldidagi maydon hududida joylashgan 4 ta parkomatlar orqali naqd pulda yoki avtoturargohdan chiqishda bank kartasi orqali amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari kelajakda mobil ilovalar orqali to'lov imkoniyatini joriy etish rejalashtirilgan. To'lov summasi parkomat ekranida ko'rsatiladi. Avtoturargohdan foydalanishning dastlabki 15 daqiqasi bepul. Xizmatlarni tariflash avtomatlashtirilgan to'xtash joyiga kirgandan keyin 16-daqiqadan boshlanadi.
Avtoturargohdan foydalanishda har qanday yengil transport uchun quyidagi tariflar amal qiladi:
1 soat (to'liq va to'liq bo'lmagan 60 daqiqa) – 10 000 so‘m
1 sutka (to‘liq va to‘liq bo‘lmagan 24 soat) – 50 000 so‘m.
Avtobuslarning to‘xtash joyi uchun quyidagi tariflar amal qiladi:
1 soat (to'liq va to'liq bo'lmagan 60 daqiqa) – 15 000 so‘m.
1 sutka (to‘liq va to‘liq bo‘lmagan 24 soat) – 80 000 so‘m.
Aeroport to'xtash joyida yengil avtomobil/avtobus 12 soat turganidan so‘ng, soatlik tarif kunlik tarifga o'tadi.
Avtomobil va avtobuslarni to'xtash joylari Samarqand aeroportining aerovokzal oldidagi maydonida o‘rnatilgan yo'l belgilarida ko'rsatilgan.
Barcha keluvchilarning e'tiborini quyidagilarga qaratamiz: aeroport terminali oldida to'xtash ta’qiqlanadi, harakatlanish yo'llarida"To'xtash ta’qiqlanadi" yo'l belgilari o'rnatilgan, ular aeroport yo'lovchilarini/mehmonlarini 15 daqiqadan ko'p bo'lmagan vaqt ichida mindirish va tushirish uchun to'xtashga mo‘ljallangan.
Agar avtomashina terminal binosi oldidagi harakatlanish yo‘lida belgilangan vaqt chegarasidan (15 daqiqa) dan oshiq vaqtga qoldirilsa va yo'l harakati qoidalari buzgan bo'lsa, bu holatda avtomobil haydovchisiga YHXDX (GAI) ning amaldagi yo'l harakati qoidalariga muvofiq jarima solinadi, va qoʻshimcha ravishda, aerovokzal oldi maydoni hududidan chiqib ketayotganda terminal oldidagi hududda boʻlish chegarasini buzganlik uchun soatiga 50 000 soʻm miqdorida jarima undiriladi.
Avtoturargoh hududi qo'riqlanadigan hudud emas.
«Air Marakanda» ma'muriyati transport vositalarining yo'qolishi, o'g'irlanishi, shikastlanganligi yoki to'liqligi buzilganligi, avtoturargoh joylarida joylashgan boshqa mol-mulkning, shu jumladan transport vositasida qoldirilgan mol-mulkning yo'qolishi yoki o'g'irlanishi uchun javobgar emas. "Air Marakanda" kompaniyasi ma’muriyati “ Aerovokzal binosi oldidagi avtoturargoh joyidan foydalanish qoidalari”ni muntazam ravishda buzgan shaxslarga to'xtash joyidan foydalanishni rad etish huquqiga ega.
Ta’kidlash lozimki, yaqin kunlarda Samarqand Xalqaro aeroporti hududida yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarini qayd etuvchi kameralar o‘rnatiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot:
AIR MARAKANDA — Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya sohasida davlat-xususiy sheriklik asosidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroporti yangi terminalining yer usti xizmatini koʻrsatish va boshqarish boʻyicha operator kompaniyasi. Samarqand aeroportining yangi Xalqaro terminali ketma-ket ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroporti reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yetakchilarning mintaqaviy o‘ntaligiga kirdi.