2023 yil 2 noyabr, Samarqand. Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini boshqaruvchi Air Marakanda kompaniyasi, aeroport uchun birinchi doimiy joylashgan aviatashuvchi bo’lmish Air Samarkand aviakompaniyasining birinchi havo kemasini qabul qildi va xizmat ko'rsatdi. Ushbu voqea nafaqat aviakompaniya va aeroport uchun, balki Samarqand viloyati uchun ham muhim ahamiyatga ega bo'ldi, chunki ilgari havo portida doimiy joylashgan aviatashuvchi mavjud bo'lmagan.
2 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da yangi Air Samarkand aviakompaniyasi Airbus A330 – 300 flotidagi birinchi samolyot Samarqand aeroportiga qo'ndi. Samolyot O'zbekiston Respublikasi va Fransiya prezidentlarining Samarqandga tashrifi chog'ida yetib keldi. Samolyot an'anaviy suv kamari bilan kutib olindi.
Yangi aviakompaniyaning ishga tushirilishi Samarqand viloyati uchun muhim voqea hisoblanadi. Yangi aviakompaniya eng mashhur xalqaro yo'nalishlarga parvozlarni amalga oshiradi. Air Samarkandning asosiy maqsadi Samarqand va qo'shni viloyatlarning aholisiga to'g'ridan – to'g'ri turli mamlakatlarga sayohat qilish imkoniyatini berish, mamlakat mehmonlari esa oraliq punktlarni chetlab o'tib, Samarqandga tashrif buyurishdir.
"Yangi aviakompaniyaning ishga tushirilishi Samarqandning sayyohlik, madaniy va biznes markaz sifatida rivojlanishi uchun muhim voqea hisoblanadi, - deydi Air Samarkand kompaniyasi asoschisi Baxtiyor Fazilov. - Biz Air Samarkand kompaniyasining ilk samolyotini qabul qilayotganimizdan juda mamnunmiz. Ushbu avialayner mashhur xalqaro yo'nalishlarga xavfsiz va sifatli xizmat ko'rsatadigan raqobatbardosh reyslarni amalga oshiradi.
So'nggi yil davomida biz katta miqyosdagi loyiha - Silk Road Samarkand sayyoxlik majmuasini barpo qildik. Mana shu mehnatimiz natijasida biz tarixiy merosni zamonaviy infratuzilma va inshootlar bilan uyg'unlashtirgan holda mamlakatimiz turizm salohiyatining sifat darajasini yangi bosqichga olib chiqishga sazovor bo'ldik.
Bunday jadal rivojlanish Air Samarkand xizmatlarini ishga tushirilishi bilan davom etmoqda va tez orada aviakompaniya qadimiy shahrimizni dunyoning yirik turistik va savdo markazlari bilan bevosita bog'laydi".
Kuz-qish mavsumida Samarqanddan bir qator xorijiy yo'nalishlarga, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyo, yaqin Sharq, Turkiya va Xitoy davlatlariga muntazam va charter reyslarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Air Samarkand yo'lovchilarga xavfsiz parvoz va qulay xizmat ko'rsatish masalalariga alohida e'tibor qaratadi.
"Bizning jamoamiz ushbu tantanali kunni yaqinlashtirish uchun qo'lidan kelganini qildi. Ko'p o'tmay, vatandoshlarimiz biz ishlayotgan xizmatning yuqori darajasini ham baholay olishlariga aminman, — dedi Air Samarkand bosh direktori A. A. Xodjayan. - Bu aviakompaniya va shahar uchun hayajonli va uzoq kutilgan lahza. Airbus A330-bu mashhur mashina, shuning uchun bizning yuqori talablarimizga javob beradigan samolyotni topish va sotib olish juda qiyin edi. Ammo biz buni uddaladik."
Airbus A330 - bu dunyoning etakchi aviakompaniyalari taqdim etadigan zamonaviy va xavfsiz samolyotlardir. Ularda hatto eng uzoq yo'nalishlarda ham yo'lovchilar uchun yuqori qulaylik ta'minlanadi. Havo kemasi turistik-klassda 277 ta yo'lovchini va biznes-klassda 36 ta yo'lovchini tashish imkoniga ega, 11 500 km dan ortiq masofaga to'xtovsiz parvozlarni amalga oshiradi.
"Air Marakanda bizning birinchi asosiy aviatashuvchimiz bilan hamkorlikni boshlaganidan xursand. Biz Air Samarkand aviakompaniyasini kutib olamiz, u tez orada shahar va uning atrofidagi hududlar aholisiga aeroportimizdan butunlay yangi yo'nalishlarga sayohat qilish uchun katta imkoniyatlar ochadi. O'z navbatida, biz asosiy aviatashuvchimizga yuqori darajadagi xizmatni va aviakompaniya yo'lovchilariga Samarqand xalqaro aeroporti terminalida qulay yashashni kafolatlaymiz", dedi Air Marakanda bosh direktorining birinchi o'rinbosari Sezayi Bayram.
Air Samarkand aviakompaniyasi Samarqand viloyatini rivojlantirishning umumiy yirik loyihasining bir qismi bo'lib, uning doirasida shaharda yangi aeroport, Silk Road Samarkand sayyohlik markazi qurildi va boshqa bir qator ob'ektlar qurilmoqda. O'tgan yilgi ko'rsatgichlarga qaraganda, keng ko'lamli loyiha Samarqandning sayyohlik salohiyatini yangi bosqichga olib chiqdi va shu tarzda rivojlanishda davom etmoqda.
Yaqin kunlarda Air Samarkand aviakompaniyasi ikkinchi samolyotning uchib kelishini kutmoqda. Keyingi havolayneri o'rta masofali yo'nalishlar uchun mo'ljallangan Airbus A321 bo'ladi. Hammasi bo'lib, 2023-yil oxiriga kelib kompaniya 5 tagacha samolyotni qabul qilib, ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumot:
AIR MARAKANDA – davlat-xususiy hamkorligiga asoslangan, O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi dastlabki loyiha doirasida Samarqand Xalqaro aeroporti yangi terminalini boshqarish va yer usti xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha operator-kompaniya. 2022 yil iyunda Samarqand aeroportining yangi Xalqaro terminali World Airport Awards (SKYTRAX) aeroportlai Xalqaro reytingining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha mintaqaviy yetakchilari o‘ntaligiga kirdi.