2024-yil 27-dekabr, Samarqand. Loong Air aviakompaniyasi Sian - Samarqand - Sian yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini oshirmoqda.

Qo‘shimcha chastotani joriy etish 6-yanvar, dushanba kuniga rejalashtirilgan. Samarqanddan Sianga parvozlar haftasiga uch marta dushanba, chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqanddan jo‘nab ketish vaqti soat 13:35 (mahalliy vaqt bilan).

Eslatib o‘tamiz, ilgari parvozlar haftasiga ikki marta: chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilgan.

 

Qo‘shimcha ma’lumot:

AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand ayeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.


Back to news list