2025-yil 6-mart, Samarqand. Air Marakanda Qozog‘istonning QAZAQ AIR aviatashuvchisi bilan birgalikda 2025-yil 1-maydan Turkiston - Samarqand - Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar qayta tiklanganini e’lon qilishdan mamnun.
Parvozlar quyidagi jadvalga muvofiq haftasiga ikki marta amalga oshiriladi:
Payshanba kunlari:
• Turkistondan uchib ketish soat 19:10 da, Samarqandga uchib kelish soat 20:00 da.
• Samarqanddan uchib ketish 21:00, Turkistonga uchib kelish 21:50 da.
Yakshanba kunlari:
• Turkistondan uchib ketish soat 10:10 da, Samarqandga uchib kelish soat 11:00 da.
• Samarqanddan uchib ketish soat 12:00 da, Turkistonga uchib kelish soat 13:00 da.
Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.
Ushbu yo‘nalishda Ostonaga sayohat qilishni istagan yo‘lovchilar uchun qulay bog‘lovchi reyslar ham mavjud:
• Payshanba kunlari: Samarqanddan uchish soat 21:00 da, Ostonaga uchib kelish soat 01:30 da (Turkistonda to‘xtash vaqti 50 daqiqa).
• Yakshanba kunlari: Ostonadan uchish soat 07:25 da, Samarqandga uchib kelish soat 11:00 da (Turkistonda to‘xtash vaqti 40 daqiqa).
Moslashuvchan jadval tufayli Samarqanddan kelgan sayohatchilar Qozog‘istonning noyob ma’naviy va tarixiy markazi - Turkistonga tez va qulay yetib olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, Turkistondan mamlakatning zamonaviy va jadal rivojlanayotgan poytaxti Ostonaga qulay reyslar mavjud.
Turkistonlik yo‘lovchilar uchun Samarqand Urumchi, Sian, Boku, Mineralniye Vodi, Sochi va Izmirga sayohat qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi. Bu, ayniqsa, bayram kunlari Samarqandda to‘xtash imkoniyati bilan sayohatni rejalashtirish va uning boy tarixiy merosi bilan tanishish imkonini beradi.
QAZAQ AIR Turkiston va Ostonaga aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, shuningdek, Samarqand xalqaro aeroportining 24 soatlik aviakassasidan xarid qilish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot:
AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand ayeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.