2025-yil 17-fevral, Samarqand. Air Marakanda aviakompaniyasi Azimuth Airlines aviakompaniyasini Ufa - Samarqand - Ufa yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarning ikki yilligi bilan tabriklaydi va xalqaro aviaqatnovlarni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasini qayd etadi.

Samarali hamkorlikning ikki yili davomida 240 ta reysga xizmat ko‘rsatildi va 21 mingdan ortiq yo‘lovchi tashildi. Muntazam aviaqatnovlar hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik va sayyohlik aloqalarini mustahkamlab, sayohatlarni qulay va arzon qildi.

Parvozlar haftasiga ikki marta - dushanba va juma kunlari Samarqanddan soat 05:05 da amalga oshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, "Azimuth Airlines" aviakompaniyasi Samarqandni Rossiyaning Mineralnye Vodi va Sochi kabi shaharlari bilan ham bog‘lab, yo‘lovchilarga ko‘proq sayohat qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Samarqand xalqaro aeroporti terminalini boshqaruvchi Air Marakanda kompaniyasi "Azimut" aviakompaniyasi rahbariyati va jamoasiga muvaffaqiyatli hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi. Yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va yo‘lovchilarga yuqori darajadagi qulaylik, ishonchlilik va xizmat ko‘rsatishni ta’minlash kompaniyaning ustuvor vazifalari bo‘lib qolmoqda.


Qo‘shimcha ma’lumot:

AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand ayeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.


Back to news list