20°С - 31 mart
Uz
Shrift hajmi:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yuqori konfort zallari

image image
Samarqand xalqaro aeroportining VIP-zali qulaylikni qadrlaydiganlar uchun
450

joy

Ikki qavatli shinam va qulay kutish zali alohida kirish joyi va o'z avtomashinalar to'xtash maydonchasiga ega. VIP zal terminal binosining o'zg qanotida shaxsiy avtomobil to'xtash joylari mavjud alohida kirish joyiga ega

01

Uchib ketishni kutish zonasi

02

Launge zona

0 — 0
image image
image image

VIP xizmatlar:

- Alohida kuzatib qo'yish

- Pasport va bojxona nazoratidan VIP zalning o'zida o'tish imkoniyati

- Samolyotga o'tirish uchun alohida chiqish yo'lagi, havo kemasigacha alohida transfer

- Turli ichimliklar bo'lgan bar

- Bepul Wi-Fi

Tariflar

Tarif "Uchib ketish"

Uchib ketayotgan yo'lovchilarga VIP zalda xizmat ko'rsatiladi.


*Shoshilinch ariza - $125

$100

Ovqatlanish va ichimliklar uchun alohida to'lov qilinadi.

(O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to'lov kunidagi kursi bo'yicha)

Тarif "Uchib kelish"

Uchib kelganda yo'lovchilarga VIP zalda xizmat ko'rsatiladi.


*Shoshilinch ariza - $87,5

$70

Ovqatlanish va ichimliklar uchun alohida to'lov qilinadi.

(O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to'lov kunidagi kursi bo'yicha)

VIP zalni bron qilish uchun ariza kamida 24 soat oldin yuborilishi kerak.

Rejalashtirilgan reys jo'nash/kelishidan 24 soat oldin ariza topshirilganda, ariza shoshilinch hisoblanadi.

Shoshilinch ariza topshirilganda xizmat narxi 25% ga oshiriladi.

Parvoz jo'nash/kelish vaqtidan 8 soatdan kamroq vaqt oldin murojaat qilganda, AIR MARAKANDA xizmatni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi. 

Ariza bekor qilingan taqdirda, xizmatni bekor qilish to'g'risidagi ariza rejalashtirilgan reysning jo'nash/kelish vaqtidan kamida 4 soat oldin yuborilishi kerak.

Bekor qilingan taqdirda, 4 soatdan kam vaqt ichida xizmat narxining 100% miqdorida jarima undiriladi.

 

* Xizmatlar texnik imkoniyat mavjud bo'lganda taqdim etiladi


Sayt tajribangizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz
Saytda qolish orqali siz cookie-fayllardan foydalanish shartlariga rozilik bildirasiz.