Bu erda yo'lovchilarning eng keng tarqalgan savollariga javoblar mavjud. Agar savolingizga javob topa olmasangiz, 24 soatlik yordam xizmatiga murojaat qiling +998 (55) 705 00 00.
"Bagaj saqlash bo'limi" ssilkasi orqali ma’lumot olishingiz mumkin
Xalqaro parvozlar uchun:
Agar yoʻlovchining bagaji yoʻqolgan boʻlsa va u uchib kelgan yoʻnalishiga qarab 3 oy muddat ichida topilmasa yoki yoʻlovchi Bagaj qidirish bo‘limiga murojaat qilmasa, bagaj yoʻlovchi uchib kelgan yoʻnalish orqali qayta yuboriladi.
Xalqaro parvozlar uchun 3 soat va mahalliy parvozlar uchun 2 soat avval ro’yxatga olish boshlanadi.