Samarqand Xalqaro aeroporti 2022 yilda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tarixiy yuqori ko‘rsatkichga erishdi va 493 417 ta yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatdi, bu 2019 yilga nisbatan 2,6% ga ortiq yoki 12 406 ta yo‘lovchi ko‘p degani. Bunda eng ko‘p o‘sish Xalqaro yo‘nakishdagi tashishlarda ro‘y berdi (+6%).
Yo‘lovchilar oqimining o‘sishi yetakchi yo‘lovchi tashuvchilar ishi samaradorligining oshishi, hamda yangi hamkorlarni jalb qilish bilan bog’liq: 2022 yilda birdaniga 8 ta yangi aviakompaniya, shu jumladan 7 ta chet el kompaniyalari Samarqand aeroportidan parvozlarni boshlashdi.
Yo‘lovchilar sonining asosiy o‘sishi Xalqaro yo‘nalishlarga to‘g‘ri keldi: ushbu parvozlarda 445 106 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi. 2022 yilda eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar: bu Samarqanddan Moskvaga, Istambulga, Sankt-Peterburgga, Dubayga va Olmaotaga.
2022 yilda ichki havo yo‘llaridagi tashishlar hajmi 48 311 ta yo‘lovchini tashkil etdi, eng talab ko‘p bo‘lgan ichki yo‘nalish Toshkent bo‘ldi.
O‘zbekistonning Milliy yo‘lovchi tashuvchisi - Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yo‘lovchilar oqimi bo‘yicha birinchi o‘rinni Samarqand aeroportida 34,9% bilan saqlab qoldi, ya’ni 172 203 yo‘lovchi. Tashuvchi 2022 yilda birdaniga Samarqanddan uchta ichki yo‘nalishni ochdi: Andijon, Farg‘ona va Namangan shaharlariga.
2022 yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand Xalqaro aeroporti o‘z yo‘nalishi aloqasini kengaytirdi, endilikda parvozlar 4 ta ichki va 10 ta Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha bajarilmoqda, ulardan Dubay, Boku va Abu-Dabi Samarqand tarixida ilk bor tashkil etildi.