2025-yil 28-may, Samarqand. Air Marakanda boshqaruv kompaniyasi va O‘zbekistonning xususiy aviakompaniyasi Centrum Air o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 2025-yil 23-iyundan boshlab Samarqandni Rossiyaning Uzoq Sharqdagi eng yirik shahri - Vladivostok bilan bog‘laydigan yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reys ochilmoqda.
Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Samarqanddan uchib ketish 00:25 da, Vladivostokka uchib kelish 12:30 da.
Vladivostokdan uchib ketish 14:30 da, Samarqandga uchib kelish 17:20 da.
Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.
Yo‘nalishning ochilishi Samarqand xalqaro aeroportining o‘sib borayotgan xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini to‘ldirib, mintaqani sayyohlar va biznes vakillari uchun yanada qulay qiladi. Yangi reys Primore o‘lkasida istiqomat qilayotgan o‘zbek diasporasi vakillari uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratadi hamda O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi aviaqatnovlarni kengaytirishda yana bir qadam bo‘ladi.
Aviachiptalar va qo‘shimcha xizmatlar aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida mavjud.
Qo‘shimcha ma’lumot:
AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.