2025-yil 12-iyun, Samarqand. "AIR MARAKANDA" MCHJ "Samarqand" xalqaro aeroporti terminalida uyali aloqa saloni va zargarlik buyumlari do‘konini joylashtirish uchun tijorat maydonlarini ijaraga olish bo‘yicha arizalar qabulini ochadi.
Mavjud lotlar:
• Lot No1: 7,73 kv.m, 1 qavat, umumiy zona.
• Lot No2: 13,13 kv.m, 3 qavat, steril zona.
Maydonlar terminalning asosiy hududlarida - ham umumiy, ham steril hududlarda joylashgan. Bu ijarachilarga keng auditoriyaga kirish va potentsial mijozlarning barqaror oqimini ta’minlaydi.
Lotlar, ishtirok etish shartlari va ariza topshirish bo‘yicha batafsil ma’lumot rasmiy veb-saytning "Hamkorlar" → "Ijaraga oluvchilar" bo‘limida mavjud.
Takliflarni qabul qilish muddati - 2025-yil 27-iyungacha.
Qo‘shimcha ma’lumot:
AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.