Bugun Samarqand aeroporti 2019 yildan buyon ilk marotaba yo‘lovchilar oqimi ko‘rsatkichini oshirdi. Samarqand Xalqaro aeroportini boshqaruvchi Air Marakanda kompaniyasi aeroport tarixida birinchi marta 483 minginchi yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.

2022 yilning rekord yo‘lovchisi Samarqand viloyatida yashovchi Gulnora Nasimova bo‘ldi, u Flydubai aviakompaniyasining  FZ769 –chi parvozi  bilan Dubayga uchib ketdi.

Air Marakanda kompaniyasi bosh direktorining muovini Artyom Pak shunday dedi: “Biz bugun butun jamoamiz uchun muhim voqeani nishonlashdan mamnunmiz: ilk marotaba 2019 yildan buyon aeroport pandemiyagacha bo‘lgan davrga nisbatan joriy yilning boshidagi salbiy ko‘rsatkichlarga qaramasdan yo‘lovchilar oqimining eng yuqori ko‘rsatkichiga erishdi. Biz rekord yo‘lovchini tabriklab, yilni yaxshi o‘sish bilan yakunlayotganimizdan xursandmiz. Ishonamanki, keyingi yilda ham eng yaxshi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishamiz”.

Artyom Pak kompaniya nomidan rekord yo‘lovchini tabrikladi va  yangi yil sovg‘alari to‘plamini, hamda aeroportning yangi CIP zalida xizmat ko‘rsatilishiga sertifikatni topshirdi, Gulnora Nasimova u yerda birinchi yo‘lovchi bo‘ldi. Flydubai aviakompaniyasi ham rekord yo‘lovchini tabrikladi va unga Dubayga uchish uchun sertifikatni sovg‘a qildi.

Flydubai aviakompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili Dilmurodxon Baxtiyorxonov  shunday ta’kidladi: “Biz Dubaydan Samarqandga uch oy oldin ilk bor ucha boshladik va mintaqadagi katta salohiyatni ko‘rib, parvozni haftasiga 2 tadan 7 tagacha ko‘paytirdik. Hamkorimiz - Air Marakanda kompaniyasini aeroport yo‘lovchilar oqimining rekord ko‘rsatkichi bilan tabriklaymiz, O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi yo‘lida yanada samarali ish olib borishiga ishonamiz va hamkorlarimizga yangi yutuqlar va g‘alabalar tilaymiz”.

Rekord yo‘lovchiga bag‘ishlangan tantanali tadbir doirasida, shuningdek barcha yo‘lovchilar uchun Air Marakanda kompaniyasi nomidan esdalik sovg‘alari bilan viktorina bo‘lib o‘tdi.



Back to news list