Samarqand Xalqaro aeroportini boshqaruvchi Air Marakanda kompaniyasi aeroportlar operatorlarining yagona yirik tashkiloti hisoblangan ACI EUROPE aeroportlari Xalqaro Kengashi Yevropa bo‘limining kumush a’zosiga aylandi. Hozirgi vaqtda ACI EUROPE 55ta davlatda 500 dan ortiq aeroportlar manfaatlarini ifodalaydi. ACI ga a’zo aeroportlar yevropa mintaqasida tijorat-havo tashuvlarining 90% ga xizmat qiladi – har yili 2,3 mlrd yo‘lovchilar, 18,4 mln tonna yuklar, 21,2 mln parvozlar.

ACI ning maqsadlari tashkilotga a’zo aeroportlar manfaatlarini ifodalash, butun aviatsiya sohasining muvaffaqiyatli faoliyati uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish uchun ularning aviakompaniyalari  va boshqa hamkorlar bilan hamkorlik yo‘llarini izlash, boshqaruvchi organlarda va qonunchilik tuzilmalarida, hamda aeroport tijorati to‘g‘risidagi jamoat fikrining shakllanishiga ta’sir etuvchi  doiralarda aeroportlar operatorlarining manfaatlarini ilgari surish.

ACI faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: qonunchilik va boshqaruv organlari bilan o‘zaro ish olib borish, soha siyosatini shakllantirish va tashkilotlar a’zolarining manfaatlarini  IATA, ICAO,     Yevrokomissiya, Yevronazorat va boshqa Xalqaro va milliy tashkilotlarga  yetkazish maqsadida ma’lumot almashish.

ACI EUROPE tashkiliy aloqalar, anjuman va  ko‘rgazmalarning keng dasturlari orqali aeroport faoliyatini , ishlab chiqarishni va texnologik nou-xauni  tashkil etishning  ilg‘or tajriba almashinuviga ko‘maklashadi. Aeroportlar bilan faol hamkorlikda , ACI butun aviatsiya sohasi uchun yo‘llanma hisoblangan umumiy siyosatni ishlab chiqadi.

ACI EUROPE, aeroportlarning o‘tkazish layoqati, yer usti xizmatlari uchun aeroport yig‘imlari stavkalari, slot-markazlashtirish va jadvalni shakllantirish, aeroportlar raqobati, parvozlar xavfsizligi, aviayo‘lovchilar huquqini himoyalash, atrof-muhitni qo‘riqlash masalalari bo‘yicha  katta ishlarni olib boradi.

“ACI EUROPE aeroportlar Xalqaro Kengashiga a’zolik – Samarqand aeroporti  uchun va uni boshqaruvchi Air Marakanda kompaniyasi uchun muhim qadamdir. Bu aeroportimizning butun aviatsiya faoliyatidagi kelgusida faol rivojlanishi uchun  katta imkoniyatlarni va asoslarni beradi. Ishonamanki, bu hamkorlik xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi va ilg‘or Xalqaro tajribani olib kiradi va shu bilan birga Samarqand aeroportining Xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini oshiradi,” –deb ta’kidlaydi Air Marakanda bosh direktori Anton Xodjayan.



Back to news list