Yaqinda zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan Samarqanddagi Xalqaro aeroportnining operatori Air Marakanda («SKD»), aeroportning operatsion faoliyatini to‘liq raqamlashtirishga tegishli,TAV Technologies bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha ishlarning birinchi bosqichi nihoyasiga yetganligini e’lon qiladi. TAV Technologies kompaniyasi Groupe ADP guruhiga kiruvchi TAV Airports Holding ning sho‘ba kompaniyasi hisoblanadi.

Samarqand Xalqaro aeroporti yangi terminalining  CIP-zalida ishlarning keying bosqichi bilan bog‘liq hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda rasmiy vakillar orasida TAV Airports ijroiy qo‘mitasining raisi va direktorlar kengashining ijroiy direktori Frank Mereyde, TAV Technologies bosh direktori Kerem Oztyurk va Air Marakanda bosh direktori G‘ayrat Ne’matov ishtirok etdilar. Yangilash bo‘yicha ishlar TAV Technologies ni dasturiy-apparat masalalari yechimlarini o‘z ichiga oladi va aeroport faoliyatining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.

«AIR MARAKANDA» IP MChJ bosh direktori G‘ayrat Ne’matov shunday dedi:

“Biz Samarqand Xalqaro aeroporti faoliyatini raqamlashtirish jarayonida navbatdagi qadamni bosganimizdan xursandmiz. Bu O‘zbekiston aviatsiyasi sohasidagi xizmat ko‘rsatishning  eng yuqori darajasini ta’minlaydi”.

“Ishning ushbu bosqichi yaqinda aeroportning yangi terminali ochilishidan keyin amalga oshiriladi. Samarqand Xalqaro aeroporti zamonaviy infratuzilma, optimallashtirilgan jarayonlar va yuqori texnologiyali xizmat ko‘rsatishi bilan O‘zbekistonning eng mashhur tarixiy  shahriga bo‘lgan sayohatni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Biz aeroportlani boshqarishning texnologik yechimlari sohasidagi ilg‘or tajribasi bilan qo‘llab-quvvatlagani uchun TAV Technologies dan minnatdormiz”.

TAV Technologies ning bosh direktori Kerem O‘ztyurk shunday izoh berdi:

“Biz Samarqand Xalqaro aeroportining aeroportlar va yo‘lovchilar bo‘yicha operatsiyalarini to‘liq raqamlashtirishga yo‘naltirilgan shunday muhim loyihada Air Marakanda kompaniyasining texnologiya bo‘yicha hamkori bo‘lishimizdan xursandmiz. Bizning mahsulotlarimizni joriy etish yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi va ish samaradorligini oshiradi”.

Samarqanddagi Xalqaro aeroport operatsion faoliyatini raqamlashtirishda erishilgan yutuq, 2022 yil mart oyida yangi zamonaviy terminal binosini inobatga olgan holda, uni kengaytirish va qayta qurish jarayonining davomi hisoblanadi.

Aeroport O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta’sir qiladi va mintaqada qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratadi. Mintaqaviy rivojlanishga ta’sir chet ellik turistlar tomonidan qiziqishning oshishi bilan chambarchas bog‘liq. Qayta qurilgan aeroportga kelayotgan sayohatchilarga, Ipak yo‘lining tarixiy shahri Samarqanddan tashqari O‘zbekistonning boshqa ko‘plab mashhur turistik ob’yektlari ham ochiq bo‘ladi. Air Marakanda shuningdek ochiq yo‘nalishlar sonini ko‘paytirish uchun havo yo‘llarining yangi rejalarini faol ishlab chiqmoqda va aviakompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

TAV Technologies ning xizmat ko‘rsatish portfeli Turkiya, Fransiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Gruziya va Qozog‘iston kabi 15 dan ortiq davlatlardagi yirik xalqaro markazlarni o‘z ichiga oladi. 

Joriy etilgan ilg‘or texnologik yechimlar aeroportning, uning infratuzilmasi va texnikasining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi:

  • Havo kemasiga chiqishda zamonaviy ro‘yxatga olish stollari;

  • Teleskopik zinapoyalar;

  • Yukga ishlov berish tizimi;

  • Pasport nazorati kabinasi;

  • Uchib ketadigan yo‘lovchilar uchun chegara nazorati (e-gates) avtomatik tizimi .

TAV Technologies ning dasturiy yechimi aeroport faoliyatining  va yangi resurslarning samaradorligini oshirish maqsadida sun’iy intellekt asosida algoritmlardan foydalanadi.

TAV Technologies dan Total Airport Management Suite (TAMS) mavjud tizimlarga muvofiq, yer usti va havo transportlari jarayonlarini boshqarish uchun SKD ni qo‘llab-quvvatlaydi. TAMS platformasi parvozlar boshqaruvi, resurslar boshqaruvi, slotlar boshqaruvi, yer usti xizmati boshqaruvini o‘z ichiga olgan holda, aeroport faoliyatining har bir bosqichini nazorat qilib turadi.

Yo‘lovchilarga va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga qulay bo‘lishi uchun terminalda 140 dan ortiq monitor orqali parvoz ma’lumotlarini aks ettirish tizimi (FIDS)  ishga tushirilgan.

Shuningdek ushbu hamkorlik doirasida AIR MARAKANDA havo kemalarini markazlashtiruvchi asboblarni o‘z ichiga olgan, yukni (LDCS) va yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘z tizimi bilan jihozlandi.

Air Marakanda bilan TAV Technologies hamkorligiga kiritilgan boshqa innovatsion tizimlar, yo‘lovchilar bilan operatsiyalarni soddalashtiruvchi Common Use Passenger Processing System (CUPPS) va Common Use Self Service (CUSS) yechimlari hisoblanadi.

Sertifikatlangan IATA CUPPS yechimi har bir aviakompaniya uchun turli ro‘yxatga olish stollarida ro‘yxatdan o‘tish zaruratini bartaraf etadi. Bir nechta aviakompaniyalar uchun CUSS, aeroport xodimlarining ishtirokisiz o‘z-o‘zini ro‘yxatdan o‘tkazish kiosklaridagi o‘z-o‘ziga xizmat qilish imkoniyati hisobiga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi.



Back to news list