14°С - 21 noyabr
Uz
Shrift hajmi:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Uchib ketayotgan yo'lovchilarga

Uchib ketayotgan yo'lovchilarga

Mahalliy parvozlar
Hurmatli yo'lovchilar, qatnov oldidan aeroportga barcha parvoz oldi jarayonlaridan o'tishga ketadigan vaqtni inobatga olgan holda yetib kelishingiz so'raladi. Ichki qatnovlarga ro'yxatga olish va yuklarni topshirish parvozdan 2 soat oldin boshlanib, 40 daqiqa oldin yakunlanadi. Tanlagan aviakompaniyangizga qarab, bu vaqt farqlanishi mumkin. Iltimos, yuklarni va qo'l yuklarini olib o'tish qoidalari bilan oldindan tanishib chiqing. 

Siz qatnov uchun aviakompaniya saytida onlayn rejimida, shuningdek aeroportdagi ro'yxatga olish oynalarida va o'zini o'zi ro'yxatga olish kioskalarida ro'yxatdan o'tish xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. 
Mamlakat ichkarisida parvozlarni amalga oshirganda ro'yxatdan o'tgandan keyin ichki havo yo'llarining  sterilli hududiga otishda parvozoldi tekshiruvidan o'tish zarur. Tekshiruv texnik va maxsus vositalar yordamida va/yoki qo'l bilan amalga oshiriladi. Yo'lovchida metall implantantlar yoki kardiostimulyator mavhud bo'lsa, tekshiruv tibbiy bo'limda amalga oshirilishi mumkin. Tekshiruvdan o'tishdan oldin qo'l yukini olib o'tish qoidalari bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz. 
Havo kemasiga chiqish chiptada (jadvalda) ko'rsatilgan uchish vaqtidan 40 daqiqa oldin boshlanib, 20 daqiqa oldin yakunlanadi. Qatnovingizga o'tirish uchun chiqish raqamini oldindan aniqlashtirib oling, tablodagi o'zgarishlarni kuzatib boring va/yoki aeroportdagi e'lonlarni diqqat bilan tinglang. 

Yo'lovchilarga ma'lumot

Sayt tajribangizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz
Saytda qolish orqali siz cookie-fayllardan foydalanish shartlariga rozilik bildirasiz.