Samarqand aeroportiga bir necha usul bilan borish mumkin. Agar siz kerakli ma'lumotlarni topa olmasangiz, 24-soatlik ma'lummot xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin +998 (55) 705 00 00.
Har kuni ertalab soat 6:00 dan tun yarmigacha Samarqand markaziy avtovokzalidan aeroportgacha 52, 31 va M1-yo'nalishli avtobuslar qatnaydi. Aeroportdagi avtobus bekati yo'lovchilar terminali binosi oldida, uchib kelish hududidan chiqish joyida joylashgan. Chiptalar haydovchidan olinadi.
Yo'l haqi
2000 UZS
Yo'l haqi
2000 UZS
Yo'l haqi
2000 so'm
Kompaniyamizning mutlaq afzalligi — har bir mijozga alohida yondoshuv, xizmatlar narxining moslashuvchaligi bilan belgilanadi. |
Taxi Ok kompaniyasi Samarqanddagi yo'lovchilar tashish bozorida 2014-yildan beri faoliyat olib bormoqda va xizmat ko'rsatish sifatining yuqoriligi bois bu soha yetakchilaridan biri hisoblanadi. Bir necha toifadagi avtomobilar taqdim etiladi: Standart, Komfort va Biznes. Taqdim etiladigan xizmatlar: - shahar va viloyat bo'ylab safar qilish; - xodimlarni ish joyiga olib borib qo'yish; - xodimlarni belgilangan joylarga tarqatib chiqish; - kuryerlik xizmatlari; - aeroportda kutib olish va kuzatib qo'yish. - aeroportga, vokzalga olib borib qo'yish; - aeroportda, vokzalda yozuvli taxtacha bilan kutib olish; - shahar, viloyat bo'ylab safar; - shaharning tarixiy joylariga ekskursiyalar, safarlar. |
Vokzaloldi hududi — aviatsiya xavfsizligi hududi hisoblangan, terminalga yaqin transport liniyalari bo'lib, bu hududga yo'lovchi tushirish va o'tqazish uchun kirishga faqat jamoat transporti va taksi avtomashinalariga ruxsat beriladi. Vokzaloldi hududiga kirish va unda bo'lishning 10 daqiqalik haq olinmaydigan vaqtidan oshib ketish 3000 UZS/soat to'lov qilinishiga sabab bo'ladi. Samarqand aeroportiga borishni rejalashtirayotgan haydovchilar, shuningdek, vokzaloldi va tranzit hududiga kirishlar sonini cheklovchi qoidani ham yodda tutishlari zarur. Unga ko'ra, avtomobil egalari, shu jumladan taksi haydovchilari aeroport hududiga birincha marta kirgan vaqtlaridan boshlab ikki soat davomida faqat ikki marta bepul kirishlari mumkin. |