31-mart 2026-yil, Samarqand shahri. 2026-yil 1-apreldan boshlab, 05.03.2026 yildagi PQ-78-son qarorga muvofiq:

✔️ xorijiy fuqarolar uchun QQSni nafaqat bank kartalari balki oʻz xohishiga koʻra naqd pul shaklida ham qaytarib olish imkoniyati yaratiladi.

✔️ xorijiy fuqarolarning bank kartasiga QQSni qaytarish 3 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi;

✔️ xaridning QQS bilan birga eng kam qiymati 1 mln so‘mdan 300 ming soʻmgacha etib belgilanadi;

✔️ ilgari QQSni qaytarish faqat ayrim toifadagi tovarlarga tatbiq etilgan boʻlsa, endilikda Tax Free tizimi oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari barcha tovarlarga qoʻllaniladi.


AIR MARAKANDA — O‘zbekiston Respublikasida aviatsiya sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan ilk loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini boshqarish va yer usti xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha operator kompaniya hisoblanadi.

Yangi xalqaro terminal ketma-ket uch yil davomida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha nufuzli World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro reytingida mintaqaviy yetakchilar o‘ntaligiga kiritilgan. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti ACI EUROPE talqiniga ko‘ra o‘z toifasida yo‘lovchi oqimi o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

Press-xizmat: AIR MARAKANDA
Tel.: +998 97 907 87 67
Email: pr@airmarakanda.com
Sayt: https://samarkandairport.com/

Back to news list