Air Marakanda kompaniyasi sherigi – O‘zbekistonning “Qanot Sharq” aviatashuvchisi Tel-Fviv – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovni ishga tushirdi.
3 may kuni Samarqand Xalqaro aeroporti ilk bor Tel-Avivdan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni qabul qildi va xizmat ko‘rsatdi. Havo kemasini an’ana bo‘yicha suvli arka bilan kutib olishdi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha reys haftada ikki marta, dushanba va chorshanba kunlari Airbus A321 ning qulay bortlarida amalga oshiriladi.
Parvoz davomiyligi 4 soatu 50 daqiqani tashkil etadi.