24 aprelda Silk Avia aviakompaniyasi Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha o‘zining birinchi namoyishona parvozini  amalga oshirdi.

Samarqand Xalqaro aeroportida Silk Avia aviakompaniyasining Samarqandga parvozi boshlanganining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Havo kemasini an’ana bo‘yicha suvli arka bilan, ekipaj va mehmonlarni esa gullar,somsa va karnay-surnay sadolari ostida raqslar bilan kutib olishdi.

Shuningdek Samarqand Xalqaro aeropoti terminalida Air Marakanda kompaniyasi tomonidan ushbu reys yo‘lovchilari va mehmonlari uchun bayramona osh tashkil etildi. Mehmondo‘stlik qabulidan so‘ng yo‘lovchilar US-132 reysi bilan Toshkentga ortga uchib ketdilar.

Eslatib o‘tamiz,  20 aprelda Silk Avia aviakompaniyasi ishga tushirish bo‘yicha sertifikat oldi va 4 kun mobaynida ATR instruktorlari tomonidan aviakompaniya ekipajlarini ishga qo‘yish bo‘yicha texnik parvozlarni bajardi. 25 apreldan aviakompaniya tasdiqlangan jadvalga muvofiq , www.silk-avia.com. saytida kirish mumkin bo‘lgan muntazam parvozlarni boshlaydi.



Back to news list