2025 yil 10 oktabr, Samarqand sh. Air Marakanda kompaniyasi fototasvirchilar, bloggerlar va avitsiyta bilan qiziqadigan barcha odamlarni birlashtiruvchi aviatsion tadbirni tashkil etdi.
Spotting ishtirokchilari yo'lovchilar uchun berk bo'lgan zonalarda bo'lish kabi noyob imkoniyatga ega bo'ldilar. Aynan shu yerda eng jo'shqin kadrlar yuzaga keladi - samolyotlarni jo'nashga tayyorlash, parvozlar oralig'ida samolyotlarga xizmat ko'rsatish va har bir parvozning xavfsizligi va aniqligini ta'minlaydigan mutaxassislarning muvofiqlashtirilgan ishi.
Aviaspotting - bu faqatgina chiroyli fotosuratlar emas, balki aviatsiyani ichkaridan turib ko'rish imkoniyatidir. Yosh ishtirokchilar uchun bu tadbir osmon shunchaki orzu emas, balki intilish kerak bo'lgan maqsadga aylanadigan kasbni birinchi marta tatib ko'rish edi!
Shunga o'xshash tadbirlarni o'tkazish nafaqat estetik, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Aviaspotting aviatsiyaga bo'lgan qiziqishni shakllantirishga yordam beradi, aeroportning ochiqligini oshiradi va havaskorlar hamjamiyati bilan aloqalarni mustahkamlaydi. Yosh ishtirokchilar uchun bu aviatsiya dunyosini boshdan kechirish va ehtimol, ushbu sohada kelajakdagi kasbini tanlash imkoniyatidir.
Qo'shimcha axborot:
AIR MARAKANDA — Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya sanoatidagi birinchi davlat-xususiy sheriklik loyihasining bir qismi boʻlgan Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali uchun mo'jallangan yer usti xizmat koʻrsatish va boshqaruv kompaniyasi. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali ketma-ket uch yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingiga ko'ra Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi o'ntalik qatoridan joy oldi. ACI EUROPE ma'lumotlariga ko'ra, Samarqand aeroporti 2024-yil oxiriga kelib yo'lovchilar oqimining o'sishi bo'yicha o'z toifasida ikkinchi o'rinni egalladi.
AIR MARAKANDA matbuot xizmati
Tel.: +998 97 907 8767
Email: pr@airmarakanda.com





