2025 yil 3 oktabr, Samarqand sh. Azimuth Airlines aviakompaniyasi Samarqand-Samara-Samarqand marshruti bo'yicha doimiy aviaqatnovlarni amalga oshira boshladi.

Yangi yo'nalishning ochilishida, an'anaga ko'ra, Azimuth Airlines aviakompaniyasi reysning birinchi yo'lovchisiga parvoz uchun sovg'a sertifikatini topshirdi, Air Marakanda esa CIP zaliga bepul kirish va esdalik sovg'alarini taqdim etdi.

Samarqandning xalqaro aeroportidan reyslar har payshanba kuni amalga oshiriladigan bo'ldi.

Samarqanddan uchib ketish vaqti 17:45, samaraga uchib kelish vaqti - 19:55.

Samara - buyuk Volga daryosi bo'yida joylashgan zamonaviy megapolis bo'lib, Rossiyaning eng yirik sanoat va madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Shahar mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi va aerokosmik, muhandislik va energetika sanoati, shuningdek, dinamik biznes muhiti bilan mashhurdir.

Samara o'zining iqtisodiy salohiyatidan tashqari, atmosferasi, arxitekturasi va tabiiy landshaftlari bilan sayyohlarni o'ziga jalb qiladi. Volga daryosining uzun qirg'og'i, tarixiy markaz, teatrlar, muzeylar va gastronomik madaniyat shaharni sayohatchilar uchun jozibali joyga aylantiradi.

Eng arzon narxlardagi chiptalarni aviakompaniyaning www.azimuth.ru veb-saytida, shuningdek, Samarqand xalqaro aeroportining 24 soatlik chipta kassasida sotib olish mumkin.

 Qo'shimcha axborot:

AIR MARAKANDA — Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya sanoatidagi birinchi davlat-xususiy sheriklik loyihasining bir qismi boʻlgan Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali uchun mo'jallangan yer usti xizmat koʻrsatish va boshqaruv kompaniyasi. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali ketma-ket uch yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingiga ko'ra Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi o'ntalik qatoridan joy oldi. ACI EUROPE ma'lumotlariga ko'ra, Samarqand aeroporti 2024-yil oxiriga kelib yo'lovchilar oqimining o'sishi bo'yicha o'z toifasida ikkinchi o'rinni egalladi.

AIR MARAKANDA matbuot xizmati

Tel.: +998 97 907 8767

Email: pr@airmarakanda.com

Sayt: https://samarkandairport.com/ 

Back to news list