2024-yil 1-noyabr, Samarqand. Air Marakanda kompaniyasi uchta xalqaro avtomobil ijarasi kompaniyalari bilan hamkorlikni boshladi: Hertz, SIXT va Europcar. Endi O‘zbekistonning tarixiy poytaxtiga kelayotgan yo‘lovchilar jahon darajasidagi xizmat va ijaraga beriladigan avtomobillarning keng tanloviga tayanishlari mumkin, chunki ijara punktlari Samarqand aeroporti terminalida 24 soat davomida ishlaydi.

·         Hertz Uzbekistan dunyodagi eng yirik avtomobil ijarasi kompaniyasi bo‘lib, yengil avtomobillar va krossoverlarni ijaraga beradi. Yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, zamonaviy modellar va moslashuvchan ijara shartlari qulaylikni ta’minlaydi. Raqobatbardosh narxlar, kecha-yu kunduz ishlaydigan yordam va muntazam texnik xizmat ko‘rsatish xavfsizlikni ta’minlaydi.

 

·         Sixt Uzbekistan 24 soatlik yordami va turli xil avtomobillar, jumladan, byudjet va premium modellar bilan birinchi darajali xizmat ko‘rsatadi. Transferlar, avtomobil ijarasi va mikroavtobuslarni band qilish imkoniyati mavjud. Doimiy mijozlar chegirmalar va maxsus tariflar bilan diskont kartalarini olishadi.

 

·         Europcar turli xil avtomobillar va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni taklif etadi. Qisqa va uzoq muddatli ijara xizmatlari, haydovchi bilan ijara, shuningdek, avtomobilni qulay joyga yetkazib berish va olish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, Europcar Uzbekistan mijozlarga avtomobillarning operatsion lizingi sohasida ishonchlilik va sifatni taklif qilish orqali sohada o‘z mavqeini mustahkamladi.

 

Samarqand aeroportida yangi avtomobillarni ijaraga berish punktlarining ochilishi shaharning barcha mehmonlari uchun sayohatni yanada qulay va yoqimli qiladi. Air Marakanda yetakchi xalqaro kompaniyalar xizmatlaridan kechayu kunduz foydalanish imkoniyatini taqdim etish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va yo‘lovchilar ehtiyojlarini qondirishga intiladi.


Qo‘shimcha ma’lumot:

AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand ayeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.


Back to news list