Air Marakanda kompaniyasi va O‘zbekistonning “Qanot Sharq” avatashuvchisi hamkorligi doirasida Samarqanddan  Turkiyaning  muhim savdo, sanoat va madaniy markazi va asosiy porti hisoblangan yirik shahri – Istambulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov  yo‘lga qo‘yildi.

Samarqand Xalqaro aeroportida Istambulga parvozning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Turkiyaning Samarqanddagi Bosh elchisi  Salih Djaner, Samarqand viloyati  turizm va madaniyat bosh boshqarmasining boshlig‘I  birinchi muovini Dilshod Narzikulov, Air Marakanda va Qanot Sharq kompaniyalari rahbariyatining vakillari ishtirok etdilar. An’anaviy tarzda birinchi reysning barcha yo‘lovchilari  mehmon qilinib, shirinliklar taklif etildi.

Istambulga parvozlar quyidagi jadvalga binoan amalga oshiriladi: Samarqanddan uchish haftaning seshanba kunlari  soat 7:00 da, payshanba va shanba kunlari – soat 8:00 da;

Istambuldan seshanba kunlari soat 12:40 da, payshanba va shanba kunlari – soat 11:40 da. Barcha reyslar uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.

Qatnovlar A321 qulay havo kemalarida amalga oshiriladi.

Chipta narxi bir tomonga 208 dollardan boshlanadi. Chiptalarni xarid qilish va qo‘shimcha xizmatlarni rasmiylashtirishni Samarqand Xalqaro aeroportining aviakassalarida tunu-kun amalga oshirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand Xalqaro aeroportidan Istambulga parvozlarni Turkish Airlines va Uzbekistan Airways aviakompaniyalari amalga oshirmoqdalar. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha “Qanot Sharq” aviakompaniyasining qo‘shimcha qatnovlari ochilishi bilan, har kuni Samarqanddan Istambulga va ortga uchish uchun yo‘lovchilarda imkoniyat paydo bo‘ldi.



Back to news list