Air Marakanda kompaniyasi va «Победа» aviakompaniyasi  hamkorligi doirasida Samarqand va Rossiya Federatsiyasining poytaxti-Moskva o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi.

Samarqand Xalqaro aeroporti terminalida «Победа» aviakompaniyasining Moskvaga parvozlarining ochilishi tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi, unda «Победа» aviakompaniyasi direktorining tijorat bo‘yicha muovini Anton Vitrishak, AIR MARAKANDA tijorat departamenti direktori Dmitriy Martinenko qatnashdilar.

«Победа» aviakompaniyasi direktorining tijorat bo‘yicha muovini Anton Vitrishak shunday dedi:

“Samarqandni  abadiy quyosh va issiqlik shahri deb atashadi!  Rossiya poytaxti aholisiga ko‘pincha yetishmaydigan issiqlik! Men, davlatlarimizning do‘stona sherikligi tufayli bugun «Победа» aviakompaniyasining Samarqandga birinchi parvozini ishga tushirganimizdan mamnunman. Mayli ushbu parvoz  aviakompaniyaning yo‘llari tarmog‘idagi eng ommabop reyslardan biri bo‘lib qolsin! Bortga xush kelibsiz!”

Tadbir jarayonida DP998 Samarqand-Moskva reysining birinchi yo‘lovchisi aniqlandi va mukofotlandi. U O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi –Djumanova Rayxon bo‘ldi. AIR MARAKANDA kompaniyasi nomidan Dmitriy Martinenko birinchi yo‘lovchiga Samarqand aeroportining yangi CIP-zalida xizmat ko‘rsatilishi uchun sertifikatni topshirdi.

Moskvadan Samarqandga birinchi parvozni an’anaviy  suvli arka bilan, ekipaj va yo‘lovchilarni esa karnay-surnay sadosi ostida milliy  shirinliklar bilan kutib olishdi.

 «Победа» aviakompaniyasining havo kemalari Moskvaga o‘z parvozlarini haftada ikki marta: juma va dushanba kunlari amalga oshiradi, Samarqanddan uchib ketish vaqti soat 6:20 da.

Arzon tariflar bo‘yicha aviachiptalarni xarid qilib olish va qo‘shimcha xizmatlarni rasmiylashtirishni «Победа» aviakompaniyasining saytida, hamda Samarqand Xalqaro aeroportining aviakassalarida tunu-kun amalga oshirish mumkin.



Back to news list