Air Marakanda kompaniyasi Panorama Airways milliy aviaqatnovchisi bilan o‘z hamkorligini boshladi. Hamkorlik doirasida birinchi marta Samarqanddan islom taraqqiyotining beshigi hisoblangan Makkayu-Madinaga birinchi muntazam parvoz yo‘lga qo‘yildi.
Madinaga parvozni ochish marosimi Samarqand Xalqaro aeroporti terminalida bo‘lib o‘tdi. Unda Air Marakanda bosh direktorining korporativ aloqalar bo‘yicha muovini Mariya Sharavina va Panorama Airways aviakompaniyasi kuzatuv kengashining raisi Fatayev Abduraxmon ishtirok etdilar. Havo kemasini an’ayaviy tarzda suvli arka bilan kutib oldilar, birinchi yo‘lovchilarni esa firmada chiqarilgan kapkeykalar bilan mehmon qilishdi.
Samarqanddan Madinaga parvozlar haftada bir marta, seshanba kunlari amalga oshiriladi, Samarqanddan uchish vaqti soat 12:50 da.