2026-yil 9-fevral, Samarqand.
AIR MARAKANDA kompaniyasi xalqaro parvozlar jo‘nab ketishining steril zonasida joylashgan savdo maydonini ijaraga berish bo‘yicha ochiq takliflar so‘rovi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Joylashuv: xalqaro parvozlar jo‘nab ketishining steril zonasi
Maydon: 20,27 kv. m
Maqsadli foydalanish: jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilar uchun zargarlik buyumlarini realizatsiya qilish
Joylashuvning afzalliklari:
-
Premium segmentdagi mahsulotlarga barqaror talabga ega bo‘lgan xalqaro reyslar yo‘lovchilarining yuqori oqimi
-
Xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga xizmat qiladigan kutish zonasida bo‘lish vaqtining nisbatan uzoqligi
-
Mintaqaning asosiy aviatsiya obyektlaridan birida joylashgan imidjli savdo maydoni
Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati — 2026-yil 11-fevral.
Savdo maydoni, ishtirok etish shartlari va arizalarni topshirish tartibi haqidagi batafsil ma’lumot rasmiy veb-saytda, “Hamkorlarga” → “Ijarachilarga” bo‘limida mavjud.
Qo‘shimcha ma’lumot:
AIR MARAKANDA — O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan ilk loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini boshqarish va yer usti xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha operator kompaniya. So‘nggi uch yil davomida Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha mintaqaviy yetakchilarning o‘n taligidan joy olib kelmoqda. ACI EUROPE ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yakunida Samarqand aeroporti o‘z toifasida yo‘lovchilar oqimi o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.
AIR MARAKANDA matbuot xizmati
Tel.: +998 97 907 87 67
E-mail: pr@airmarakanda.com
Veb-sayt: https://samarkandairport.com/
