Air Marakanda kompaniyasi bilan MILEONAIR SOFTWARE DESIGN kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekistonda birinchi marta Samarqand Xalqaro aeroportida aeroportning biznes zali (CIP0) ga kirishni tashkil etish bo‘yicha ON∙PASS xizmati ishga tushirildi.
31 mart kuni MILEONAIR bonus dasturining bir qismi hisoblangan ON∙PASS tizimi ish boshladi. Ushbu xizmatni rasmiylashtirishda ishtirokchilarda butun safar bo‘yi millarni to‘plab ishlatish imkoniyati paydo bo‘ladi.
ON∙PASS servisi ishtirokchilarga Samarqand Xalqaro aeroportining CIP zaliga kirishni taklif etadi. Buning uchun yo‘lovchi mobil ilovani yuklab olishi, ro‘yxatdan o‘tishi va biznes-salonga kirishda QR-kodni ko‘rsatishi kerak.
Samarqand Xalqaro aeroporti yo‘lovchilari bar, chekish xonasi bilan jihozlangan CIP-zaldan foydalanishlari mumkin, shuningdek keluvchilarga ovqat va ichimliklari bilan shved stoli, gadjetlarni quvvatlantiruvchi rozetkalari bo‘lgan dam olish hududi, Wi-Fi va TV taklif etiladi. Bolalar o‘yin maydonlari, ibodat qilish xonasi, yangi gazeta-jurnallar va Duty Free do‘konlari yayov borsa bo‘ladigan yaqin joyda joylashgan.
Qo‘shimcha ma’lumot:
MILEONAIR – Rossiya IT-platformasi, aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va aviakompaniyalarni yagona ekotizimga birlashtiradi, u yo‘lovchilarga qulay va zamonaviy raqamli formatda odatdagi xizmatlar va qo‘shimcha imtiyozlar olishni ta’minlaydi. 2020 yildan kompaniya iste’molchilari chakana savdo mijozlari va Rossiya banklarining mukofotli mijozlari bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.