2025-yil 05-yanvar. AIR MARAKANDA kompaniyasi Samarqand shahridagi Xalqaro aeroportning umumiy hududida joylashgan tijorat savdo joylari bo‘yicha ochiq takliflar qabul qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi. 

Samarqand Xalqaro aeroporti O‘zbekistonning eng muhim transport bog‘lamlaridan biri bo‘lib, zamonaviy havo qatnovi va sayyohlik markazi sifatida izchil rivojlanib bormoqda. 

Aeroport binosida savdo va xizmat ko‘rsatish joylarini tashkil etish yuqori darajadagi ko‘rinish, barqaror yo‘lovchilar oqimi hamda sayyohlar, xizmat safari bilan safar qiluvchilar va shahardan o‘tuvchi yo‘lovchilarni o‘z ichiga olgan to‘lovga qodir auditoriyaga bevosita murojaat qilish imkonini yaratadi. Aeroportning umumiy hududida yo‘lovchilar uzoqroq vaqt bo‘lishi sababli, tezkor xaridlar va xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan savdo uchun qulay sharoit shakllanadi.

Tijorat savdo joylari tavsifi

1-lot 

Maydoni: 2 kvadrat metr

Mo‘ljallanishi: SIM-kartalar va aloqa xizmatlarini sotish

Maqsadli auditoriya: xalqaro reyslar orqali safarga chiqayotgan yo‘lovchilar

Ko‘rinishi: ixcham savdo peshtaxtasi

Mazkur savdo joyi xorijiy sayyohlar hamda parvoz oldidan mobil aloqa va internetdan tezkor foydalanishga ehtiyoj sezadigan yo‘lovchilar orasidagi yuqori talabni inobatga olgan holda mo‘ljallangan.

2-lot

Maydoni: 16,6 kvadrat metr

Mo‘ljallanishi: kapsula ko‘rinishidagi qisqa muddatli dam olish joyi

Ko‘rinishi: aeroportning umumiy hududida joylashgan alohida xona

Mazkur dam olish joyini tashkil etish yo‘lovchilarning parvozni kutish jarayonida qisqa vaqt ichida dam olish, uxlab olish va kuch yig‘ishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi hamda aeroportda ko‘rsatiladigan xizmatлар jozibasini yanada oshiradi.

Tanlab olish mezonlari

  • aeroportda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishiga mosligi;

  • taklif etilayotgan yechimlarning sifati va o‘ziga xosligi;

  • shu turdagi loyihalarni amalga oshirish tajribasi;

  • moliyaviy shartlarning maqbulligi.

 

Takliflarni topshirishning oxirgi muddati — 2026-yil 15-yanvar.

 

Savdo joylari, ishtirok etish shartlari va taklif topshirish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar rasmiy veb-saytning «Hamkorlar uchun» → «Ijarachilar uchun» bo‘limida keltirilgan.

Qo'shimcha ma'lumot:

AIR MARAKANDA – O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasida birinchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminaliga yer usti xizmati ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali uch yildan buyon ketma-ket World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yetakchi o‘ntalikka kirdi. Yevropaning ACI Europe tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2024-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroporti o’rta toifali aeroportlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

AIR MARAKANDA matbuot bo’limi

Теl.: +998 97 907 8767

Email: pr@airmarakanda.com

Sayt: https://samarkandairport.com/

 

Back to news list