Air Marakanda kompaniyasi va Azimuth Airlines aviakompaniyasi hamkorligi doirasida Samarqand bilan Rossiyaning yirik kurort shahri Sochi o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand Xalqaro aeroporti terminalida Samarqand-Sochi yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi, tadbir doirasida Sochi reysiga chipta xarid qilgan birinchi yo‘lovchi taqdirlandi. U Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Nina Chernova bo‘ldi, unga Air Marakanda kompaniyasi nomidan aeroportning yangi CIP-zalidagi xizmatlardan foydalanish uchun sertifikat va Azimuth Airlines aviakompaniyasi nomidan tashuvchining yo‘l tarmog‘I bo‘yicha bitta yo‘nbalishda uchish (bir tomonga va orqaga) uchun ikkita kishilik sertifikat topshirildi.
Azimuth Airlines aviakompaniyasi havo kemalari Sochiga o‘z parvozlarini haftada ikki marta: juma va yakshanba kunlari amalga oshiradi, Samarqanddan uchish vaqti soat 6:15 da.
Arzon tariflar bo‘yicha aviachiptalarni xarid qilib olish va qo‘shimcha xizmatlarni rasmiylashtirishni Azimuth aviakompaniyasining saytida, hamda Samarqand Xalqaro aeroportining aviakassalarida tunu-kun amalga oshirish mumkin.