20 iyul 2025, Samarqand. Air Marakanda kompaniyasining Centrum Air aviakompaniyasi bilan hamkorligi doirasida Samarqand bilan Tojikiston Respublikasining poytaxti — Dushanbe orasidagi to’g’ridan-to’g’ri aviayonalishning ochilishi bo’lib o’tdi. O‘zbekistonning yangi tarixida birinchi marta qayta tiklangan ushbu yo‘nalish O‘zbekiston va Tojikiston respublikalari o‘rtasidagi transport va madaniy-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi strategik muhim qadam bo’lib hisoblanadi.
Samarqand xalqaro aeroporti terminalida tasma qirqish marosimi bilan Dushanbega birinchi reysga ro‘yxatga olishning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Parvozdagi barcha yo’lovchilar sharqona shirinliklar — lukumlar bilan siylandi.
Dushanbedan birinchi reysni rasmiy kutib olish marosimida faxriy mehmonlar ishtirok etishdi: Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbar Aziz Rahmonzoda, Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Qobilov R.R., Tojiklar madaniy Markazining raisi Samadov Sh.
Aerodromda C6246 reysi an’anaga muvofiq suv arkasi bilan kutib olindi. Yetib kelgan yo‘lovchilar karnay va surnay sadolari, milliy raqslar ijrosi, Samarqand somsasi bilan kutib olindi. Uchrashuv ikki tomonlama havo transporti rivojida yangi bosqichning boshlanishi ramzi bo‘lgan bayram tortining tantanali ravishda kesilishi bilan yakunlandi. Dushanbega parvozlar haftasiga ikki marta: payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqand xalqaro aeroportidan uchish vaqti deb ertalabki soat 07:30 belgilandi.
Shuningdek, Centrum Air aviakompaniyasi 23-iyuldan Samarqanddan Sochiga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni, 25-iyuldan esa Samarqand — Xabarovsk yangi xalqaro yoʻnalishini ochishni rejalashtirmoqda. Yo‘nalishlar tarmog‘ining kengayishi ishbilarmonlik va madaniy almashinuvlar uchun yangi istiqbollarni ochib beradi, Samarqand xalqaro aeroportining mintaqadagi muhim transport markazi maqomini mustahkamlaydi.
Chiptalarni aviakompaniyaning centrum-air.com rasmiy veb-saytida va Samarqand xalqaro aeroportidagi 24 soatlik chiptalar kassasidan sotib olish mumkin bo’ladi.
Qo’shimcha axborot:
Centrum Air — Oʻzbekistondagi zamonaviy aviaparkga ega yirik xususiy aviakompaniya. Unga 2023 yil yanvarida asos solingan. Kompaniya 20 dan ortiq yo‘nalishlarga rejali reyslarni amalga oshiradi va 2025-yilda yo‘nalishlar tarmog‘ini sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Centrum Air aviaparkida Airbus A320 oilasiga mansub bo’lgan sakkizta tor fyuzelyajli samolyot, jumladan A320neo versiyalari, shuningdek ikkita keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyoti mavjud. Yaqin kelajakda aviapark yana to‘rtta yangi samolyot bilan kengaytiriladi.
AIR MARAKANDA — O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sanoatidagi birinchi davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini yerga xizmat ko‘rsatish va boshqarish kompaniyasi. Уже три года подряд новый международный терминал аэропорта Самарканда входит в десятку региональных лидеров по центральноазиатскому региону международного рейтинга аэропортов World Airport Awards (SKYTRAX). По итогам 2024 года аэропорт Самарканда занял 2 место по темпу прироста пассажиропотока в своей категории по версии ACI EUROPE
AIR MARAKANDA matbuot-xizmati
Tel.: +998 97 907 8767
Email: pr@airmarakanda.com