2025-yil 9-iyun, Samarqand. Air Marakanda kompaniyasi va Centrum Air aviakompaniyasi hamkorligi tufayli 27-iyundan boshlab Samarqand va Uzoq Sharqning madaniyat, siyosat va ta’lim sohasidagi eng yirik markazlaridan biri bo‘lgan Xabarovsk o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda.

Parvozlar haftada bir marta juma kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Samarqanddan uchib ketish 01:20, Xabarovskka uchib kelish 13:20.

Xabarovskdan uchib ketish 15:20 da, Samarqandga uchib soat 18:05 da.

Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.

Yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Rossiyaning Uzoq Sharqi o‘rtasidagi sayohatlarni ancha qulaylashtiradi. Bu nafaqat yo‘l vaqtini qisqartiradi, balki turizm, tadbirkorlik hamkorligi va madaniy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Samarqand aholisi uchun bu go‘zal Xabarovskni kashf etish imkoniyati bo‘lsa, Rossiyadan kelgan mehmonlar uchun boy meros va noyob me’morchilikka ega tarixiy shaharga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l.

Yangi reysning ochilishi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi va davlatlar o‘rtasidagi sayohatni yanada osonlashtiradi.

Aviachiptalar va qo‘shimcha xizmatlar aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida mavjud.

Qo‘shimcha ma’lumot:

AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

Back to news list